Trixolog Olga Simonova soch to‘kilishining asosiy sabablarini sanab o‘tdi. Mutaxassisning fikricha, bahor faslida qishda to‘plangan ozuqa moddalari tugashi sabab organizmda foydali mikroyelementlar yetishmaydi.
Soch follikulalarining zichligi va o‘sishiga ta’siri beqaror harorat rejimi va kapillyarlarning torayishi tufayli sochlar foydali vitaminlar olishni to‘xtatadi va tusha boshlaydi.
Bundan tashqari, bahor fasli ruhiy kasalliklarni ortishi, stressni kuchaytirishi va gormonal o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Shu sababdan soch to‘kilishi ayollarga ham, balki erkaklarga ham ta’sir qilishi mumkin. Kallikning ayrim bosqichlarida sochlarning tiklanishi faqat transplantatsiya usuli bilan mumkin, shuning uchun ularning holatiga e’tibor berish, imkon qadar tezroq mutaxassisga murojaat qilish kerak. Shuningdek, u o‘z-o‘zini davolash bilan shug‘ullanmaslikni tavsiya qildi.
Ingliz trixologlari ham ayollarda soch to‘kilishining asosiy sabablarini aniqladilar. Ularning fikricha, bularning deyarli barchasi surunkali stress, to‘satdan vazn yo‘qotish va ovqatlanishdagi o‘zgarishlar tufayli sodir bo‘ladi. Shuningdek, yuqori tana harorati, temir tanqisligi va vitaminlar, homiladorlik va qalqonsimon bez kasalliklarini soch to‘kilishiga sababchi bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari