Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ro‘za tutuvchi musulmonlar uchun Ramazon oyi davomida saharlik va iftorlik uchun tayyorlanayotgan taomlar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini e’lon qildi.
JSST tavsiyalari quyidagilardan iborat:
- Yog‘li mahsulotlar, ayniqsa, charvi yoki quyruqli go‘sht, qatlamali, yog‘/margarin yoki saryog‘ qo‘shilgan xamirdan tayyorlangan taomlar iste’molini kamaytirish kerak.
- Masalliqlarni qovurish o‘rniga, ovqat tayyorlashning boshqa, masalan, bug‘da, sousda pishirish, kam miqdordagi yog‘da qovurib, pechda qizartirish kabi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
- Tarkibiga me’yordan ortiq tuz qo‘shilgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilmang! Sosiska, kolbasa, dudlangan, qayta ishlangan va tuzlangan go‘sht hamda baliq mahsulotlari, sho‘r bodring, zaytun mevasi, tuzli pishloqlar, gazaklar, mayonez, ketchup va xantal qo‘shilgan salatlar, souslar shular jumlasidandir.
- Ovqat tayyorlashda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan panaga olib qo‘yish tavsiya etiladi.
- Pishirilayotgan taomlar ta’mini yaxshilash uchun turli o‘t va ziravorlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari