Toshkentda shamol oqibatida daraxt yiqildi

Toshkentda shamol oqibatida daraxt yiqildi
Taxminan soat 19:00 atrofida Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasida kuchli shamol tufayli katta daraxt yiqildi. Ushbu holat yo‘l harakatiga vaqtincha to‘siq keltirdi. Daraxtning bir qismi yo‘lga qulab tushgan, ikkinchi qismi esa to‘xtab turgan avtomobillarga urilgan.

Hodisa joyiga politsiya xodimlari va mas’ul xizmatlar yetib kelgan. Ayni damda havo o‘zgaruvchan va quyuq changli bo‘lib, shahar aholisi uchun ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilinmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar