Qariyb 13 ming abituriyent testsiz talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi

Qariyb 13 ming abituriyent testsiz talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi

2026–2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 ming 997 nafar abituriyent test sinovlarini topshirishdan ozod etildi. Ular qabul tanlovining keyingi bosqichida bevosita ishtirok etadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan keskin o‘sgan. Agar 2025–2026 o‘quv yilida testdan ozod qilinganlar soni 678 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni qariyb 19 barobarga oshdi.

Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlar tomonidan taqdim etilgan 24 ming 526 ta xalqaro sertifikat haqiqiy deb tasdiqlangan.

Statistikaga ko‘ra, umumta’lim fanlari bo‘yicha 193 ming 186 nafar, chet tillari bo‘yicha esa 125 ming 354 nafar abituriyent milliy yoki xalqaro sertifikat bilan ro‘yxatdan o‘tgan.

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga o‘qish istagini bildirgan 677 ming 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning 664 ming 609 nafari test sinovlarida ishtirok etadi. Barcha fanlardan tegishli sertifikatga ega bo‘lgan 12 ming 997 nafar abituriyent esa test topshirmasdan qabul tanlovini davom ettiradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar