O‘zbekiston Prezidenti DFC korporatsiyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti DFC korporatsiyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahriga tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida 6-noyabr kuni AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blekni qabul qildi.

DFC – AQSHning milliy rivojlanish instituti bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy kapitalni safarbar qilish bilan shug‘ullanadi.

O‘zbekiston Prezidenti DFC korporatsiyasi rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda oliy darajadagi faol muloqotlar va savdo-investitsiyaviy hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Energetika, muhim minerallar, moliya, transport, qishloq xo‘jaligi va AT sohalarida yirik qo‘shma tashabbuslar ishlab chiqilmoqda.

Amaliy sheriklikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma investitsiya platformasini yaratishni jadallashtirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Toshkent shahrida korporatsiyaning mintaqaviy ofisini ochish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidenti DFC korporatsiyasi rahbarini qabul qildi

Davlatimiz rahbari korporatsiyaning infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik asosida ishtirok etishi muhimligini ta’kidladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar