Endi Elektrosamokat minishga ham "prava" kerak bo‘ladi

Hukumatning yangi qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda nafaqat skuter va mopedlar uchun, balki tezligi soatiga 25 km/soatdan oshmaydigan, ish hajmi 25 sm³ gacha bo‘lgan ichki yonuv dvigateli yoki nominal quvvati 0,25 kilovattgacha bo‘lgan kichik mototransport vositalarida harakatlanish uchun ham A1 toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.
Eslatib o‘tsak, o‘tgan yil oktyabrda skuter va moped haydovchilari uchun “yengillik berish” maqsadida A1 toifadagi haydovchilik guvohnomasi joriy qilingan edi. O‘sha paytda ko‘pchilik bu o‘zgarishni jiddiy qabul qilmagan.
Yangi qoidalardan kelib chiqib aytganda, endi hatto elektrosamokatdan foydalanishga ham prava kerak bo‘ladi.