Xotira va qadrlash kunida necha kun dam olamiz?

Xotira va qadrlash kunida necha kun dam olamiz?
Qisqacha

O'zbekistonda 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar 3 kun dam olishadi. 2026 yilgi prezident farmoniga ko'ra, 9 may shanba dam olish kuniga to'g'ri kelgani sababli, bu kun 11 may, dushanbaga ko'chiriladi. Shunday qilib, xodimlar 9, 10 va 11 may kunlari dam olishadi.

Oʻzbekistonda 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan haftasiga 5 kun faoliyat yuritadigan xodimlar ketma-ket 3 kun dam oladi.

2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash hamda dam olish kunlarini koʻchirish haqidagi prezident farmoniga koʻra, joriy yilda 9 may shanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelgani sababli ushbu dam olish kuni 11 may, dushanbaga koʻchirilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan quyidagi sanalarda dam olinadi:

 - 9 may, shanba — odatiy dam kuni;

 - 10 may, yakshanba — anʼanaviy dam olish kuni;

 - 11 may, dushanba — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan koʻchirilgan dam kuni.

Yaʼni haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uzluksiz 3 kun, haftasiga 6 kun mehnat qiladiganlar esa ketma-ket 2 kun hordiq chiqaradi.

Mehnat kodeksida ham dam olish kuni ishlanmaydigan bayram sanasiga toʻgʻri kelgan holatda, dam kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchirilishi belgilab qoʻyilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar