Talabalar eng ko‘p qaysi davlatlarda o‘qishni tanlamoqda?

2026 yilning birinchi choragida 5 ming 862 nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish maqsadida xorijga yo‘l oldi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,2 foizga kamaygan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik yoshlar orasida eng ommabop yo‘nalish Rossiya bo‘lib qolmoqda. Joriy yilning dastlabki uch oyida ushbu mamlakatga 1 ming 241 nafar fuqaro o‘qish uchun ketgan.
Ikkinchi o‘rinda Janubiy Koreya qayd etildi. Bu davlatga 1 ming 131 nafar o‘zbekistonlik ta’lim olish maqsadida borgan. Qirg‘iziston esa 1 ming 59 nafar talaba bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, Xitoyga 424 nafar, Turkiyaga 423 nafar, Tojikistonga 381 nafar, Buyuk Britaniyaga esa 292 nafar fuqaro o‘qish uchun safar qilgan. Boshqa davlatlarga ketganlar soni 911 nafarni tashkil etgan.
Mutaxassislar ta’lim migratsiyasidagi pasayishni xorijda o‘qish xarajatlari oshgani, qabul qoidalaridagi o‘zgarishlar va O‘zbekistonda oliy ta’lim imkoniyatlari kengaygani bilan bog‘lamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!