23:51 / 28.07.2021
2 354

Xususiy notariuslar instituti tomonidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 sentabrdagi PF–5816-son “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoniga asosan xususiy notariuslar instituti joriy etildi.

Ushbu Farmonga asosan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab joriy etilgan yangi tizim quyidagi dastlabki natijalarni berdi:
1) notariuslar soni 6,5 foizga oshdi, natijada 3 mingga yaqin fuqarolar ish bilan ta’minlandi;
2) joriy yilning 6 oyi davomida xususiy notariuslar tomonidan 537 mlrd so‘m davlat boji undirildi (tushum 36 foizga oshdi);
3) davlat notarial idoralarini saqlash xarajatlaridan 255 mlrd so‘m davlat mablag‘lari iqtisod qilindi;
4) notariuslar orasida raqobat shakllandi va notarial idoralarda navbat kutish muammosi bartaraf etildi;
5) fuqaro va tashkilotlarning notariatga oid murojaatlari soni 40 foizga kamaydi;
6) 14 ta idoraning 20 ta tizimlari “Notarius” elektron axborot tizimi bilan integratsiya qilinishi natijasida notarial harakatlarni amalga oshirishdagi byurokratiya va qog‘ozbozliklar keskin kamaydi.
Shuningdek, notariat sohada quyidagi yo‘nalishlarda ishlar olib borilmoqda.

Notariat sohasi elektronlashtirilmoqda:
notarial harakatlarni amalga oshirish uchun “Notarius” axborot tizimi yaratildi;
notarial harakatlarni amalga oshirish uchun elektron navbatga yozilish imkoniyati yaratildi;
to‘lovlar to‘liq elektron ko‘rinishga o‘tkazildi, Billing tizimiga ulandi;
notariat harakatlarni amalga oshirish to‘liq raqamli ko‘rinishga o‘tkazildi;
notariatning “faol modeli” ishga tushirildi;
reyestr kitoblari elektron shaklda yuritilmoqda;
notarial rasmiylashtirilayotgan hujjatlarni tasdiqlash barmoq izlarini skaner qilish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda;
videokonferensaloqa rejimida va elektron raqamli imzodan foydalangan holda masofaviy notarial harakatlarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yilmoqda;
aholining elektron murojaatlarini qabul qilish hamda ularga servis xizmatlar ko‘rsatish maqsadida “e-notarius” veb-sayti yaratildi.

Notarial harakatlarni amalga oshirish borasida:
ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi gerbli blankda rasmiylashtirila boshlandi;
ko‘chmas mulkni oldi-sotdi, hadya va ayriboshlash shartnomalarini amalga oshirishda hududiylik prinsipi bekor qilindi;
ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlangandan so‘ng, ularni “yagona darcha” tamoyili asosida kadastr organidan ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi joriy qilindi;
vasiyatnoma hamda ayrim murakkab notarial harakatlarni amalga oshirishda fuqaroning hujjatni imzolash jarayoni audio- va videotasmaga tushurilmoqda.

Xususiy notariuslar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi:
O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni bilan O‘zbekistonda xususiy notarial faoliyatga ruxsat berildi va 2020 yil 1 maydan dastlabki xususiy notariuslar ish boshladi;
xususiy notariuslarning moliyaviy imkoniyatlari mustahkamlab berildi;
jamiyatda notariuslarning faolligi oshdi;
endilikda notarial idoralarda navbat kutish muammosi bartaraf etildi;
notariat sohasida erkin raqobat muhiti shakllandi va notariuslar aholiga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishni boshladi;
notariuslar soni ko‘payishi natijasida uzoq aholi punktlarida notarial xizmatlarning to‘la joriy etilishiga erishiladi, aholining davlatga ishonchi yanada ortadi;
respublika bo‘yicha 873 nafar notarius, 2060 nafar stajor, yordamchi va kotiblar faoliyat yuritmoqda, bir yilda o‘rtacha 3,8 mln notarial harakat amalga oshirilmoqda.

Kadrlarni tayinlash, joy-joyiga qo‘yish va ishini tashkil etish bo‘yicha:
notariuslarning ish faoliyatini baholash tizimi joriy etildi;
Oliy malaka komissiyaga faqat elektron murojaat qilish tartibi o‘rnatildi;
notarius lavozimlariga nomzodlarni tanlov (malaka imtihoni) asosida tanlab olish jarayoni real vaqt rejimida videotranslyatsiya qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xususiy notariuslar instituti tomonidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar