13:56 / 28.10.2021
1 406

20 yil ichida 1 milliondan ortiq odam O‘zbekistonni tark etdi

20 yil ichida 1 milliondan ortiq odam O‘zbekistonni tark etdi
Foto: Pixabay
Davlat statictika qo‘mitasi Kun.uz so‘roviga binoan 20 yillik davrda O‘zbekistondan ko‘chib ketganlar va mamlakatga ko‘chib kelganlar to‘g‘risidagi statistikani taqdim etdi.

O‘zbekistonga xorijdan ko‘chib kelganlar 2000-2020 yillar oralig‘ida 99 341 nafarni tashkil etdi. Bu davrda eng ko‘p ko‘chib keluvchilar 2005 yilga to‘g‘ri kelgan – 7179 kishi.

Eng kam ko‘chib kelish esa 2020 yilga to‘g‘ri keladi. Pandemiya davrida O‘zbekistonga 1 105 kishi ko‘chib kelgan.

O‘zbekistondan ko‘chib ketganlar esa 1 107 584 kishini tashkil etdi. Eng ko‘p doimiy yashovchi aholi O‘zbekistonni tark etgan davr 2005 yilga to‘g‘ri kelgan, bu paytda 104 991 kishi mamlakatdan ko‘chib ketgan. Eng kam ko‘chib ketish davri esa 2019 yil hisoblanadi, bu yilda 13229 kishi mamlakatni tark etdi.

Raqamlarga ishonadigan bo‘lsak, hozircha, eng kam ko‘chish 10 minglik shkaladan pastga tushmagan. Pandemiya davrida ham 13 648 kishi O‘zbekistondan ko‘chib ketganini kuzatish mumkin.

Statistika O‘zbekistondan ko‘chib ketganlar (1 107 584 kishi) ko‘chib keluvchilar (99 341 kishi) 11 barobar ko‘proqligini ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 20 yil ichida 1 milliondan ortiq odam O‘zbekistonni tark etdi