
Andijon viloyati Andijon tumanida noma’lum haydovchi avtomashina boshqarib ketayotib, Andijon shahrida yashovchi bir fuqaroni urib yuborib, unga yordam ko‘rsatmasdan qochib ketgan.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro Lacetti rusumli avtomashinada sodir etganligi aniqlandi.
“Unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabarida.
Piyodaning hozirgi ahvoli qandayligi haqida ma’lumot berilmagan.
Manba: www.kun.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar