08:00 / 09.05.2022
4 433

Yangi komplektatsiyadagi Chevrolet Cobalt “Optima” ishlab chiqarish boshlandi

Yangi komplektatsiyadagi Chevrolet Cobalt “Optima” ishlab chiqarish boshlandi
UzAuto Motors kompaniyasi yangi komplektatsiyadagi Chevrolet Cobalt “Optima” avtomobilini ishlab chiqirishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, endilikda avtomat uzatmali Chevrolet Cobalt avtomobili quyma disk o‘rniga po‘lat disk bilan sotiladi.

Shuningdek, avtomobilning orqa oynasi qoraytirilgan, u kuchaytirilgan dvigatel va himoya karterini o‘z ichiga oladi.

Po‘lat disklar notekis yo‘llarda avtomobilning yumshoq va muammosiz harakatlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, notekis yo‘llarda shikastlanishdan himoyalash, qulay xizmat ko‘rsatish va ma’lum bir sharoitlarda yoqilg‘i tejamkorligi bilan ahamiyatlidir”, - deyiladi xabarda.

Yangi modifikatsiyadagi avtomobil may oyidan boshlab rasmiy dillerlik markazlarida sotuvga chiqariladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yangi komplektatsiyadagi Chevrolet Cobalt “Optima” ishlab chiqarish boshlandi