Mo‘yna va oltin bilan qoplangan ultrahashamatli Mercedes-Maybach taqdim etildi

1 daqiqa o'qish1.9K
Mo‘yna va oltin bilan qoplangan ultrahashamatli Mercedes-Maybach taqdim etildi
Foto: Mercedes-Benz
Mercedes-Benz kompaniyasi Mercedes-Maybach sedanining bugungi kundagi eng hashamatli variantini taqdim etdi. Unga Haute Voiture nomi berilgan bo‘lib, dizaynerlar avtomobilni yaratishda Haute couture’dan («yuqori darajadagi moda») ilhomlangan. Sedan o‘ziga xos rangdagi kuzov, Nappa charmi bilan qoplangan salon, pushti tilla chiziqlar tushirilgan oq rangli sun’iy mo‘ynaga ega bo‘lgan, deb xabar beradi Motor.

Kapot, tom qismi va g‘ildirak diskalari yaltiroq to‘q ko‘k rang bilan qoplangan bo‘lib, u kuzovning ostki qismidagi chang-pushti jilo bilan uyg‘unlik hosil qiladi.

Bu kabi rangdan hashamatli salonda ham foydalanilgan va u shou-karga o‘ziga xoslik taqdim etadi: interyerning asosiy qismi oq rangli Nappa charmi, eshik kartlari esa ko‘k, sarg‘ish va pushti naqshli bukle matosi bilan qoplangan. Bu kabi naqshlarni bosh qo‘ygich, suyangich va o‘rindiqlarning orqa qismida ham uchratish mumkin.
Mo‘yna va oltin bilan qoplangan ultrahashamatli Mercedes-Maybach taqdim etildi
Foto: Mercedes-Benz
Eshik kartlari, yostiqlar va hatto gilamchalarda qo‘llaniladigan pushti tilla ham momiq sun’iy mo‘yna dekorga ekstravaganlik bag‘ishlaydi — amalda keng foydalanilmagan bu kabi elementlar cheklangan tovar versiyasida bo‘lish-bo‘lmasligi noma’lum. Shuningdek, oq mo‘yna bilan luks sedan jamlanmasidan o‘rin olgan sumkalar ham qoplangan.
Mo‘yna va oltin bilan qoplangan ultrahashamatli Mercedes-Maybach taqdim etildi
Dizaynerlar MBUX multimedia tizimini ham e’tibordan chetda qoldirmagan va interfeysning ayrim elementlarini ham salondagi qimmatbaho metall rangiga bo‘yagan. So‘nggi chizgi — shampan vinosi uchun mo‘ljallangan tilla rangli bir juft bokal.
Mo‘yna va oltin bilan qoplangan ultrahashamatli Mercedes-Maybach taqdim etildi
Foto: Mercedes-Benz
Haute Voiture’ning texnik tavsifi haqida hech narsa ma’lum emas. Taxminlarga ko‘ra, unga Project Maybach maxsus versiyasining olti litrli V12 biturbomotori o‘rnatiladi. Cheklangan miqdordagi sedanlar savdosi 2023 yildan boshlanadi.
Mo‘yna va oltin bilan qoplangan ultrahashamatli Mercedes-Maybach taqdim etildi
Foto: Mercedes-Benz
Mo‘yna va oltin bilan qoplangan ultrahashamatli Mercedes-Maybach taqdim etildi
Foto: Mercedes-Benz
Mo‘yna va oltin bilan qoplangan ultrahashamatli Mercedes-Maybach taqdim etildi
Foto: Mercedes-Benz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?