22:16 / 26.06.2022
2 609

Benzin o‘rniga 50 ta «zajigalka» yordamida harakatlanayotgan «Jiguli» (video)

Benzin o‘rniga 50 ta «zajigalka» yordamida harakatlanayotgan «Jiguli» (video)
YouTube’dagi «Garaj-54» kanali blogerlari navbatdagi noodatiy tajribasi tasvirlangan videorolikni e’lon qildi. Ishqibozlar «Jiguli» avtomobili 50 ta yondirgichning («zajigalka») gazi yordamida belgilangan manzilga yetib bora olish-olmasligini tekshirishga qaror qildi. Sinov uchun muhandislar avtomobilning texnik uzelini modernizatsiya qilgan.

Tajribani o‘tkazish uchun blogerlar motorga maxsus maydoncha o‘rnatib, uning ichiga 50 ta «zajigalka»ni qotirgan. Konstruksiyaning yuqori qismida yondirgichlarni o‘t oldirishga qodir richag paydo bo‘lgan. Shu orqali avtomobil ishqibozlari dvigatelga gazni uzatishni rejalashtirgan. Blogerlar birinchi urinishdayoq agregatni o‘t oldirishga muvaffaq bo‘lgan, biroq motor tezda o‘chib qolgan. Navbatdagi bir nechta urinishdan so‘ng, kerakli natijaga erishilgan.

Konstruksiyani ko‘zdan kechirgan mutaxassislar «zajigalka»larning hammasidan ham gaz ajralmaganini aniqlagan. Konfiguratsiyani o‘zgartirgan blogerlar dvigatelni o‘t oldirgan va avtomobil baribir harakatlangan. Rolik muallifi garajdan chiqib, bir necha metr harakatlanganidan so‘ng, motor butunlay o‘chib qolgan.

Uchinchi urinishdan keyin blogerlar barcha «zajigalka»larni tekshirib chiqib, konstruksiyani yana motorga qotirgan. Bu safar «Jiguli» hech qanday muammosiz 60 metr yurgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Benzin o‘rniga 50 ta «zajigalka» yordamida harakatlanayotgan «Jiguli» (video)