Foto: Senat axborot xizmati
Senatining yigirma sakkizinchi yalpi majlisida mamlakatimizda gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalarining xavfsizligini ta’minlash holati va sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi bo‘yicha Hukumat tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan parlament so‘rovi natijalari muhokama qilindi.
Xususan, mamlakatimizdagi 196 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida (AGTKSH) 1300 ta kamchilik aniqlangan bo‘lib, 815 tasi o‘z vaqtida bartaraf qilingan bo‘lsa, mavjud muammolarni hal etmagan 70 ta AGTKSHning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Shu bilan birga, parlament so‘rovida ko‘tarilgan ayrim masalalar yuzasidan asosli javoblar taqdim etilmagan. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 oktabrdagi 815-sonli qarori talablarining ijrosi to‘liq ta’minlanmagan va e’tiborsiz qoldirilgan.
Bugungi kunda siqilgan tabiiy gaz-3 tipidagi ballonlar bilan jihozlangan va yo‘lovchi tashiydigan «JV MAN Auto-Uzbekistan» MCHJ QKda ishlab chiqarilgan «MAN A 22 CNG» rusumli barcha avtobuslar texnik sinovdan o‘tkazilmagan holda aholiga xizmat ko‘rsatgan.
Shuningdek, yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtotransport vositalariga o‘rnatilgan gaz ballonlarini texnik sinovdan o‘tkazish bo‘yicha sinov laboratoriyalarida zarur sharoitlar yaratish yuzasidan ham aniq javob taqdim etilmagan.
Muhokamada senatorlar tomonidan mamlakatimizda tegishli texnik talablarga javob beradigan hamda xavfsizligi to‘liq kafolatlangan gaz ballonlarini ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga Hukumat darajasida yetarli e’tibor qaratilmaganligi ta’kidlandi.
Jumladan, 2020–2022 yillar davomida avtotransport vositalarida o‘rnatilgan va portlagan gaz ballonlarining 70 foiziga yaqini Xitoy Xalq Respublikasidan import qilingan. Holbuki, yurtimizda xavfsizlik talablariga javob beradigan gaz ballonlarini ishlab chiqaruvchi 3 ta korxona mavjud, xolos.
Bundan tashqari, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralarga xavfsizlikni ta’minlash maqsadida kiritilayotgan taqdimnomalarga e’tiborsizlik bilan qaralganligi qayd etildi. Hukumatdagi mutasaddilar esa bunday holatga nisbatan ta’sirchan munosabat bildirmagan.
Majlisda parlament so‘rovida keltirilgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi