22:42 / 20.07.2022
1 562

Haydovchilik guvohnomasini masofadan almashtirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda

Haydovchilik guvohnomasini masofadan almashtirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda
O‘zbekistonda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishni to‘la raqamlashtirish va yangi guvohnomalarni pochta orqali yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda adliya vaziri Ruslanbek Davletov 20 iyul kuni parlamentdagi chiqishida ma’lum qildi.

Muddatlari 2-3 marta cho‘zib berildi. Oxiriga kelganda navbatlar birdan ko‘payib ketyapti. Mart-aprel oylarida shunday holat bo‘lganida muddat cho‘ziladi deb e’lon qilganimizdan keyin ertasiga hamma ketib qoldi. DXMlarga haydovchilik guvohnomasini almashtirishni so‘rab kelganlar 10-15 barobarga kamayib ketdi.

Tushuntirish qilyapmiz, kelinglar deyapmiz, har xil memlar, multfilmlar qilyapmiz, reklama qilyapmiz. Lekin baribir bir yildan keyin yana shunaqa xatti-harakatlar bo‘lmasligi uchun elektron shaklga o‘tkazmoqchimiz. Bitta kamchiligimiz: guvohnoma olayotganda imzo chekishi kerak, buning uchun albatta o‘zi kelishiga to‘g‘ri kelyapti.

Hozir shuni olib tashlashning harakatini qilyapmiz, olib tashlasak, umuman markazga kelish shartmas bo‘ladi. Kelmanglar deymiz, qabul ham qilmaymiz. Faqat elektron ravishda qabul qilamiz. Tayyorlab, hammanikini pochta orqali yuboramiz.

Shunday qilmasak, aytayotgan muammolarimiz yana takrorlanaveradi, takrorlanaveradi. Besh yildan keyinam xuddi shunaqa bo‘ladi. Albatta, 100 mingta, 200 mingta odam almashtirmay qolib ketadi va oxirgi kunlarda kelib, hammasi navbatga turib oladi
”, – dedi adliya vaziri.

Eslatib o‘tamiz, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirilgan:

2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentabrgacha;
2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Haydovchilik guvohnomasini masofadan almashtirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda