UzAuto Motors bir necha hafta davomida hech qanday izohsiz Spark avtomobili sotuvini to‘xtatib qo‘ygan edi. Ko‘p o‘tmay minglab Spark'lar omborda taxlanib yotgani ma’lum bo‘ldi. Bu orada kompaniya eksport modelini ichki bozorga sotyapmiz deya narxni oshirdi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov monopol kompaniya Spark'ni qimmatroq sotish uchun yashirib “tuzlagan” bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. U Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazishga chaqirgan.
23 avgust kuni internetda Angren shahridagi yuk terminalida yuzlab Spark avtomobillari turgani aks etgan surat tarqalgan edi. Kompaniya bu boradagi izohida bu mashinalar “allaqachon mijozlar tomonidan shartnoma tuzilgan va keyinchalik mijozga yetkazib berish uchun Angren shahriga yetkazilgan” avtomobillar ekanini ta’kidladi.
Otabek Bakirovning fikricha, bu bayonot yolg‘on. Chunki 20 avgust tong saxar holatiga Spark avtomobili bo‘yicha kontraktatsiya yo‘qligi uchun 50 foiz pulini oldindan to‘lab qo‘yganlar va avtomashina bo‘yicha navbatda turganlar ham bo‘lmagan. UzAuto Motors shu kundan boshlab Spark va Nexia sotuvini tiklagan edi.
Iqtisodchining so‘zlariga ko‘ra, monopolist “sun’iy defitsit yaratish va keyin narxlarni oshirish usulidan birinchi marta foydalanmayapti”. Xususan, 2016 yilgacha bo‘lgan davrda ham shunday holatlar ro‘y bergan.
“Esingizda bo‘lsa, shu yil qishda yo‘q bo‘lib qolgan Neksiya-3 narxlar oshirilgandan keyin mart oyi o‘rtalaridan birdan salonlarda paydo bo‘lib qoldi”, – deya yozdi Bakirov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Spark va Nexia-3 ishlab chiqarish shu yil oxirida to‘xtatiladi. Kompaniya o‘z ixtiyorida qolgan butlovchi qismlardan foydalangan holda, bu modellarning turli konfiguratsiyalardagi so‘nggi partiyalarini cheklangan miqdorda ishlab chiqarishini bildirgan.
Shuningdek, eksport uchun mo‘ljallab chiqarilgan mashinalarning bir qismi ichki bozorga yo‘naltirilishi aytildi va avtomobillar narxi bir necha million so‘mga oshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi