
Bugungi kunda Selena Gomes eng mashhur amerikalik qoʻshiqchilardan biri boʻlib, ijtimoiy tarmoqlarda 343 milliondan ortiq obunachiga ega. Ayni paytda qizning boyligi 95 million dollarga baholanmoqda, shuning uchun uning hashamatli avtomobillar kollektsiyasiga ajablanmasa ham boʻladi.
Mercedes-Benz S400

Foto: carwallpapers.ru
Bu Selenaning garajidagi eng chiroyli sedandir. Uning S klassi 329 ot kuchiga ega 3,0 litrli turbo quvvatli V6 dvigatel bilan jihozlangan. Model bir vaqtning oʻzida hashamat va qudrat kombinatsiyasi ham. Xonanda koʻpincha oʻz sedanida bayramlar va taqdirlash marosimlariga keladi. AQShda bu mashina taxminan 110 ming dollarni tashkil qiladi.
Cadillac Escalade

Foto: dailymail.co.uk
Cadillac Escalade yoʻltanlamasi Selena Gomesning garajidagi yana bir ajoyib avtomobildir. Escalade kapoti ostida 6,2 litrli turbomotorli V8 dvigateli joylashgan. Dvigatel 420 ot kuchiga ega. Cadillac Escalade’ning boshlangʻich narxi taxminan 80 000 dollarni tashkil qiladi, ammo Amerikadagi eng yuqori variant uchun 140 000 dollardan koʻproq pul toʻlashingiz kerak boʻladi. Cadillac — Selena Gomesning eng koʻp foydalanadigan avtomobili.
Mercedes-Maybach

Foto: caranddriver.com
Xonandaning mashhurligi bilan birga uning daromadi va shunga mos ravishda uning talablari ham oʻsdi. Selena kollektsiyasidagi eng qimmat mashina Mercedes-Maybach boʻlib, xonandaga taxminan 180 000 dollarga tushgan hashamatli nemis mashinasidir. Bu mashina ichki tomondan ham, tashqi tomondan ham juda chiroyli. Tashqi koʻrinishi hashamatni aks ettiradi va turbo quvvatli 4,0 litrli V8 496 ot kuchiga ega. Maybach - jahon yulduzlariga talablariga mos keladigan avtomobil turi va Selena Gomez uzoq vaqtdan beri ular orasida.
Range Rover Evoque

Foto: 21motoring.com/pinterest.com
Koʻrib turganingizdek, Selena katta va foydali yoʻltanlamaslarni yaxshi koʻradi. Qanday qilib qoʻshiqchi Range Rover Evoque’ni e'tiborsiz qoldirishi mumkin? Bu ehtimol, xonandaning avtomobillari orasida eng mashhur modeldir. Xonanda anchadan beri ushbu modelning egasi, lekin uning Evoque haydashini bir necha marta koʻrishgan xolos. Mashina 246 ot kuchiga ega 2,0 litrli turbo quvvatli 4 tsilindrli dvigatel bilan jihozlangan.
Mercedes-Benz GLA 250

Foto: autonews.ru
GLA 250 bu — bir nechta yurakni zabt etgan mashina. U 2,0 litrli turbo quvvatli toʻrt tsilindrli dvigatel bilan jihozlangan. GLAning narxi 250 36,5 ming AQSh dollariga baholangan. Koʻrinishidan, Selena Gomes bu mashinani dam olish kunlari boshqaradi — uni bir necha bor sohil yaqinida GLA haydab ketayotganini koʻrishgan.
Porsche GT3 RS

Foto: teamspeed.com
Porsche 911 GT3 503 ot kuchiga ega olti tsilindrli dvigatelga ega va etti pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi yoki olti pogʻonali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Aytgancha, bu turbo dvigatel bilan jihozlanmagan yagona 911.
Fiat 500

Foto: Pinterest
Amerikalik qoʻshiqchining garajidan nafaqat elita brendlarining qimmatbaho avtomobillari, balki oddiy Fiat 500 ham oʻrin olgan. Bu Selena Gomes kollektsiyasidagi eng kichik va eng kamtarin avtomobil. Mashinaning oʻzi chiroyli tashqi koʻrinishga ega va yaxshi boshqarish xususiyatlariga ega. AQShda yangi Fiat 500 xaridorga kamida 20 000 dollarga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!