15:13 / 05.12.2022
2 697

2023 yildan yangilangan Captiva va Cadillac sotuvi boshlanadi, Lacetti ishlab chiqarish to‘xtatiladi

2023 yildan yangilangan Captiva va Cadillac sotuvi boshlanadi, Lacetti ishlab chiqarish to‘xtatiladi
Kompaniya taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yildan Captiva va Cadillac importini boshlash ko‘zda tutilgan. Ishlab chiqarilishi to‘xtatilayotgan Nexia-3 va Spark o‘rniga boshqa budjet modellar sotuvi yo‘lga qo‘yilmaydi. Faqatgina 2026 yildan yangi Chevrolet modelini ishlab chiqarish boshlanishi belgilangan, biroq aynan qaysi model ekani noma’lum.

UzAuto Motors'ning sotuvga chiqarilayotgan aksiyalari anderrayteri hisoblangan Freedom Broker kompaniyaning yaqin kelajakdagi rejalari haqidagi hisobotni e’lon qildi.

Hisobotda keltirilishicha, UzAuto Motors joriy yil oxiridan Nexia-3 va Spark , 2023 yilning oxiridan esa Lacetti-Gentra avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Shu tariqa, faqat avtomat uzatmali varianti 127 mln 145 ming so‘mdan sotilayotgan Cobalt «O‘zavto»ning eng arzon sedaniga aylanadi.

O‘z navbatida, 2024 yildan boshlab O‘zbekistonda ham Cobalt'ning yangilangan versiyasi ishlab chiqarilishi mumkin. UzAuto Motors bu borada General Motors bilan muzokaralar boshlagan.

Kompaniya taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin yillar ichida Nexia-3 va Spark o‘rniga boshqa budjet modellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmaydi. Faqatgina 2026 yilga boribgina hozircha nomi noma’lum bo‘lgan yangi Chevrolet modelining sotuvlari boshlanishi mumkin.

Hisobotda keltirilishicha, joriy yilning oxiridan boshlab Trailblazer savdosi ham to‘xtatiladi. Kompaniya rejalarida 2023 yildan Captiva va Cadillac importini boshlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, keyingi yilning oxiridan yangilangan Equinox, 2024 yil o‘rtalaridan esa yangilangan Traverse sotuvlari boshlanishi mumkin.

Captiva, Cadillac, Lacetti

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 2023 yildan yangilangan Captiva va Cadillac sotuvi boshlanadi, Lacetti ishlab chiqarish to‘xtatiladi