UzAuto Motors Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillariga shartnomalar qabul qilishni vaqtincha to‘xtaganini rasman ma’lum qildi.
Kompaniya bayonotida qayd etilishicha, joriy yilda Chevrolet avtomobillariga bo‘lgan talabning g‘ayritabiiy o‘sishi kuzatilgan. Agar o‘tgan yili Chevrolet avtomobillarini xarid qilish bo‘yicha o‘rtacha oylik shartnomalar soni 21 000 dona bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilning noyabr oyida 76 000 donadan ortiq shartnoma tuzilgan.
Shuningdek, kompaniya «olib sotarlar» sonining ko‘payganini qayd etgan. Shubhasiz, «Olib sotarlar»ning bunday yuqori ulushi oddiy xaridorlarning kutish vaqtiga ta’sir o‘tkazdi va bozorda sun’iy tanqislikni yuzaga keltirdi, deyiladi bayonotda.
«O‘zbekistonda avtomobillarga bo‘lgan talabning anomal o‘sishi va global muammolar kuchayganini hisobga olib, kompaniya bunday sharoitda boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llanilgan yo‘ldan borishni to‘g‘ri deb hisoblaydi va Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillariga shartnomalar qabul qilishni vaqtincha to‘xtatadi. Bu o‘z navbatida barcha sa’y-harakatni avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobil ishlab chiqarishga yo‘naltiradi», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi