15:00 / 04.01.2023
1 313

UzAuto Motors: Avtomobillar uchun shartnoma tuzish vaqtincha to‘xtatildi

UzAuto Motors: Avtomobillar uchun shartnoma tuzish vaqtincha to‘xtatildi
Bugun, 4 yanvardan boshlab UzAuto Motors SAP hisob dasturiy ta’minotini amalga oshirish va mahsulot inventarizatsiyasini o‘tkazishni boshlagan. Shu munosabati bilan, ushbu muddatda kontraktatsiya shartnomasini tuzish, barcha avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi.

Bundan tashqari, dasturiy ta’minotni ishga tushirish tadbirlaring o‘tkazilishi munosabati bilan UzAvtoSavdo ilovasi faoliyati ham vaqtincha to‘xtatib turilishi mumkin. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.

«Dasturiy ta’minotni yangilash va inventarizatsiya ishlari yakunlangandan so‘ng, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish, oldindan to‘lovni qabul qilish va avtomobilni yetkazib berish to‘liq hajmda qayta tiklanadi.

2022 yil oxirida avtomobil yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan va 7 kun ichida oldindan to‘lovni amalga oshira olmagan shaxslar ish qayta tiklanganidan to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin. Shu bilan birga, ular tomonidan avtomobil yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar o‘z kuchida qoladi, faqat oldindan to‘lov muddati uzaytiriladi.

UzAuto Motors kompaniyasi iste’molchilardan 4-5 kun davom etishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunishlarini so‘rab qoladi
», - deyiladi rasmiy xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors: Avtomobillar uchun shartnoma tuzish vaqtincha to‘xtatildi
ePN