Foto: vzglyad.uz
Gurjiston, Armaniston va O‘zbekiston poytaxtlari 100 ming kishi hissasiga to‘g‘ri keladigan elektrokarlar soni bo‘yicha Rossiya poytaxtidan o‘zib ketgan. Bu haqda Kept konstalting kompaniyasining «MDH va Kavkazorti davlatlarining aqlli shaharlari reytingi» tadqiqotiga tayanib Rossiyaning «Vedomosti» gazetasi xabar bermoqda.
Nashrning ma’lum qilishicha, MDH va Kavkazorti davlatlari shaharlari orasida 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan elektrokarlar soni bo‘yicha Tbilisi birinchi o‘rinda turibdi — 114 elektromobil. Postsovet davlatlarining qolgan shaharlari (Boltiqbo‘yi davlatlari hisobga olinmaganda) Gurjiston poytaxtidan juda ortda. Tbilisidan keyingi o‘rinda Minsk joylashgan — u yerda 100 ming aholiga 63 ta elektrokar to‘g‘ri kelmoqda. Yerevanda — 45, Toshkentda — 33, Moskvada esa bor-yo‘g‘i 16 ta avtomobil.
Moskvani Rossiyaning boshqa shaharlari ham quvib o‘tgan: masalan, Novosibirskda elektromobillar bilan ta’minlanganlik darajasi poytaxtga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘proq — 31.
Moskva bilan bir qatorda Boku shahri bormoqda (15 elektrokar). Rossiya poytaxtidan kamroq ko‘rsatkich Bishkek (9) va Ostona (7), shuningdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg (8), Qozon (7) va Yekaterinburg (0,4) shaharlarida qayd etilgan.
Kept'ning jahon reytingida yetakchi London shahri bo‘lib turibdi — bu yerda 100 ming aholiga 504 elektromobil to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinda Nyu-York — 148 avtomobil.
Tadqiqotdagi ma’lumotlar 2022 yilning iyun oyi holatiga asosan tuzilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”