23:14 / 13.04.2023
1 165

Milliy haydovchilik guvohnomasi bo‘yicha yangi qaror e’lon qilindi

Milliy haydovchilik guvohnomasi bo‘yicha yangi qaror e’lon qilindi

Vazirlar Mahkamasi qarori (12.04.2023 yildagi 152-son) bilan 2023 yil 15 apreldan boshlab milliy haydovchilik guvohnomasini shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali ham ariza beruvchilarning bevosita ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

Bunda:

- milliy haydovchilik guvohnomasiga ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma’lumotlari joylashtiriladi, agar axborot tizimlarida ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma’lumotlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ariza beruvchilar o‘zlarining imzo namunasini elektron shaklda taqdim etadi;

- milliy haydovchilik guvohnomalarini olish hamda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bo‘yicha arizalar ariza beruvchilarning YAIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali onlayn tarzda har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin;

- yangi rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomalarini pochta orqali olish imkoniyati yaratiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Milliy haydovchilik guvohnomasi bo‘yicha yangi qaror e’lon qilindi