UzAuto Motors hech qanday tushuntirishsiz Chevrolet Onix va Tracker uchun shartnomalar berishni to‘xtatdi, deya xabar qilmoqda “Autostrada.uz” nashri.
Cobalt va Lacetti sotib olish bo‘yicha shartnomalar tuzish to‘xtaganidan olti oy o‘tib, narxi 200 million so‘mdan yuqori bo‘lgan Onix va Tracker'ga shartnoma berish ham to‘xtagan. Nashrga ko‘ra, hozirda kompaniyadan sotib olish mumkin bo‘lgan eng arzon avtomobil — 420 million so‘mlik Malibu.
“Odatda shartnomalar chiqarishni tugatish inventarizatsiya va keyinchalik narxlarning oshishi vaqtida sodir bo‘ladi. Oxirgi 5 yil ichida UzAuto Motors turli bahonalar bilan narxlarni oshirishdan avval avtomobillar savdosini to‘xtatgan”, – deyiladi xabarda.
Iqtisodchi Otabek Bakirov Telegram'dagi kanalida o‘zbekistonliklar avtomobil sotib olishning yagona variantidan ham mosuvo bo‘lganini yozdi.
“Endi nafaqat kam daromadli va o‘rtadan past, balki, o‘rta va o‘rtadan yuqori daromad egalari bo‘lgan o‘zbekistonliklar ham avtomobil sotib olishning tanlovsiz, yagona variantidan mosuvo bo‘lishdi. Hukumat aynan kam budjetli va o‘rta budjetli avtomobillar uchun juda yuqori boj to‘lovlari va cheklovlarini belgilagan. Qizig‘i, o‘zbekistonlik iste’molchilarga tupurib qo‘ygan monopolist UzAuto Motors erkin bozorlar hisoblangan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ozarboyjonda yangi va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etmoqda va kengaytirmoqda. O‘zbekistonliklarga yo‘q moshin, sanalgan davlatlar xaridorlari uchun bor va bemalol”, – deya qayd etgan iqtisodchi.
Avvalroq Nexia-3 avtomobilini ishlab chiqarish mart oyida ham davom etgani, biroq mazkur rusumdagi mashinaga shartnoma tuzish yarim yil ilgari to‘xtatilgani xabar qilingandi.
UzAuto Motors 2022 yil yakunida Spark va Nexia ishlab chiqarish to‘xtatilishini, ularning o‘rnini Chevrolet Tracker hamda Onix egallashini xabar qilgandi. Biroq yangi rusumdagi avtomobillar savdosi uzog‘ga cho‘zilmagani aytilmoqda. Hozircha kompaniya vaziyat bo‘yicha rasmiy tushuntirish bermadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”