13:10 / 22.05.2023
314

Tracker va Onix avtomobillari qachondan sotila boshlanishi ma’lum qilindi

Tracker va Onix avtomobillari qachondan sotila boshlanishi ma’lum qilindi
Foto: Telegram
UzAuto Motors 25 may kunidan Tracker va Onix avtomobil modellarining yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnoma berishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
 
Kompaniyaning ma’lum qishicha, Chevrolet Onix avtomobilining barchaga tanish olti komplektatsiyasi va Chevrolet Tracker’ning uch komplektatsiyalariga qo‘shimcha yangi Premier Plus va Redline modifikatsiyalari uchun shartnoma tuzish mumkin.
 
Shu bilan birga, shartnoma uchun ochiq bo‘lgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi o‘zgarishsiz qoladi”, — deyiladi xabarda.
 
Kompaniyaga ko‘ra, Chevrolet Trackerning LS, LS Plus, LTZ, LTZ Plus, Premier Premier Plus va Redline modellar uchun shartnoma tuzish mumkin bo‘ladi. Chevrolet Onixning Premier 1, Premier 2, Premier 2 Plus, Redline modellari sotuvga chiqariladi.
 
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari sotuvini to‘xtatgani xabar qilingandi. Kompaniya 2022 yilda hamyonbop modellardan Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillari sotuvini to‘xtatib, Onix va Tracker uchun shartnomalar tuzishni boshlangan.
 
Biroq, joriy yil may oyi boshidan narxi 207 million so‘mlik Onix va 211 million so‘mlik Tracker sotuvi to‘xtab qolgan. Hozirda kompaniyadan narxlari 420 million so‘mdan 1,1 milliard so‘mgacha bo‘lgan Malibu, Equinox, Traverse va Tahoe avtomobillarini xarid qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Tracker va Onix avtomobillari qachondan sotila boshlanishi ma’lum qilindi