Cadillac CT6’ning yangi avlodi taqdim etildi (foto)

Cadillac CT6’ning yangi avlodi taqdim etildi (foto)
Foto: Cadillac

Cadillac kompaniyasi o‘zining flagman sedani — Cadillac CT6'ning yangi avlodini taqdim etdi.

Cadillac CT6’ning yangi avlodi taqdim etildi (foto)

Orqa g‘ildiraklar tortishi — Omega platformasi yangi avlod modelida ham saqlab qolingan. Sozlanadigan amortizatorlarga ega.

CT6 o‘zining avvalgi modelidan yangilangan radiator panjarasi, o‘zgargan optikasi bilan farqlanadi.

Cadillac CT6’ning yangi avlodi taqdim etildi (foto)

Salonga Nappa terisi bilan ishlov berilgan. O‘rindiqlar isitish va sovitish funksiyalari bilan ta’minlangan. Salondagi eng katta o‘zgarishlardan yana biri — 33 dyuymli 9K qayrilma ekran.

Cadillac CT6’ning yangi avlodi taqdim etildi (foto)

CT6 2 litr hajmga ega 237 ot kuchini beradigan turbomotor bilan jihozlangan. U 10 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi. 100 km/soat tezlikka 7,47 soniyada erishadi. Maksimal tezligi esa soatiga 230 kmni tashkil qiladi.

Cadillac CT6’ning yangi avlodi taqdim etildi (foto)

Mashinaning uzunligi 5223 mm, eni 1890 mm, bo‘yi esa 1473 mm, g‘ildiraklar bazasi bo‘lsa 3109 mmni tashkil etadi.

Modelning Xitoydagi narxi 51 ming dollardan boshlanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar