date

O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarishi mumkin

O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarishi mumkin

21 iyul kuni Qozog‘istonning “SariarkaAvtoProm” kompaniyasining texnik mutaxassislaridan iborat delegasiya O‘zbekistonda mehmon bo‘ladi. Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Erik Utemboyev ikki davlat o‘zaro hamkorlikda yangi avtorusum va butlovchi qismlar ishlab chiqarishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Carzone” nashriga asoslanib “Darakchi” xabar berdi.

“SariarkaAvtoProm” kompaniyasi Toyota, Hyundai, SsangYong, Geely, JAC avtorusumlari va Iveco maxsus texnikasini ishlab chiqaradi.

Qozog‘iston delegasiyasi “Samarqand avtomobil zavodi”, GM Uzbekistan, JV MAN Auto – Uzbekistan korxonalarida bo‘ladi. Delegasiya tarkibidagi muhandislar nafaqat, umumiy mavzularni, balki hamkorlik loyihasi bo‘yicha aniq masalalarni muhokama qilishadi.

Erik Utemboyev asl maqsad “Qozog‘iston yoki O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillarni qayta ishlab chiqarish emas, ikkala mamlakat va boshqa davlat bozorlarida xaridorgir bo‘lgan, hamkorlarning hech biri ishlab chiqarmaydigan rusumlarni topish” ekanligini qayd etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarishi mumkin