date

Mercedes-Benz yangi brend ostida elektromobil ishlab chiqarmoqchi

Mercedes-Benz yangi brend ostida elektromobil ishlab chiqarmoqchi

Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi yangi brend ostida o‘zining elektromobillarini ishlab chiqarish arafasida turibdi. Bu haqda “Bloomberg”ga asoslanib “Qalampir” xabar berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, kompaniya dastlab ikkita sedan va ikkita yo‘ltanlamas elektromobillarini ishlab chiqarmoqchi. Lekin yangi avtomobil markasi uchun nom tanlanmagan.

Mazkur modellardan birining prototipi joriy yilning sentyabr oyida Parij avtosalonida namoyish etiladi.

Mercedes-Benz’dan keyin boshqa kompaniyalar ham elektromobillar ustida ishlashni boshlab yuborishi tayin. Avtomobil sanoatida yangi davr boshlanmoqda. AQShning Tesla kompaniyasining muvaffaqiyatli chiqqan Model S elektromobili bu davrning debochasi bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Mercedes-Benz yangi brend ostida elektromobil ishlab chiqarmoqchi

Ko'p o'qilgan Avto yangiliklari