15:08 / 04.03.2015
7 550

“Nissan” bo‘lajak modellarining dizaynini taqdim etdi

“Nissan” bo‘lajak modellarining dizaynini taqdim etdi

“Nissan” kompaniyasi Jeneva avtosaloni doirasida kelajakdagi kompakt modellar qanday uslubda ishlab chiqarilishini ko‘rsatib beruvchi “Sway” konsept-karini namoyish etdi.
Kompaniya bergan ma’lumotga qaraganda, uning uzunligi – 4010 millimetr, eni – 1780 millimetr, balandligi – 1385 millimetr bo‘ladi. G‘ildirak bazasining o‘lchami 2570 millimetrni tashkil etadi. Ushbu prototip “Mikra”ning hozirgi avlodidan 230 millimetr uzunroq bo‘ldi, g‘ildirak bazasi esa 135 millimetrga oshdi. Mashinaning eni 155 millimetrga kengaydi va balandligi 140 millimetrga pasaydi.
Dizayniga keladigan bo‘lsak, u oldingi konsept-karlar – “Lanina” va “IDx” uslubida ishlangan.
“Nissan”ning “Sway” uslubidagi ilk modeli bozorga qachon chiqishi hozircha noma’lum.







Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “Nissan” bo‘lajak modellarining dizaynini taqdim etdi