16:16 / 29.02.2024
279

General Motors noodatiy elektromobil yaratdi (foto)

General Motors noodatiy elektromobil yaratdi (foto)
Foto: General Motors
General Motors noodatiy paxmoq elektromobil yaratdi. Hamyonbop Wuling Bingo elektromobili noodatiy Mickey Plush Style ko‘rinishini oldi. Bu haqda CarNewsChina xabar berdi.

Wuling Bingo butunlay turli rangdagi paxmoq mato bilan qoplangan. Elektromobilning tomiga Mikki Maus quloqlari o‘rnatilgan, old eshiklar esa ushbu multfilm qahramonining tasvirlari bilan bezatilgan. Mashinaning ichki qismi, jumladan, rul, old panel va o‘rindiqlarda ham multik qahramoni aks etgan. Salonda pushti rang ustunlik qiladi.

Foto: General Motors
Hozirda mashina ommaviy ishlar chiqariladimi yoki yo‘qmi noma’lum. Texnik nuqtayi nazardan, Xitoy elektromobili standart Wuling Bingo‘dan farq qilmaydi.

Foto: General Motors
Eslatib o‘tamiz, Wuling Bingo elektromobili General Motors mutaxassislari ishtirokida yaratilgan, chunki Amerika konserni Xitoy brendining hammuallifi hisoblanadi. Xitoyda budjetli 4 metrli mashina 8 340 dollardan 11 830 dollargacha bo‘lgan narxlarda sotiladi va allaqachon eksport qilina boshlagan.

Yangi Wuling Bingo 41 va 68 ot kuchiga ega versiyalarda taqdim etilgan. Birinchi holda, quvvat zaxirasi 203 kilometr, ikkinchisida 333 kilometrni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » General Motors noodatiy elektromobil yaratdi (foto)