14:53 / 11.03.2015
8 544

Rossiyada Daewoo avtomobillarining sotilishi 64 foizga kamaydi

Rossiyada Daewoo avtomobillarining sotilishi 64 foizga kamaydi

Rossiyada yangi yengil avtomobillarning sotilishi 2015 yil fevral oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37,9 foizga kamaydi. Bu haqda Evropa Biznes uyushmasining 10 mart kuni chiqarilgan press-relizida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Rossiyada 2014 yil fevral oyida 128 298 ta avtomobil sotilgan bo‘lsa, 2015 yil fevralida 78 228 ta yengil mashina sotilgan. Yangi avtomobillar sotilishida dastlabki 10 ta o‘rinni egallab turgan mashina rusumlarining to‘qqiztasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi.

Lada avtomobilarining sotilishi 23 foizga, Hyundai 5 foizga, KIA 6 foizga, Nissan 45 foizga Renault 46 foizga, Toyota 40 foizga, Volkswagen 49 foizga, Skoda 12 foizga, Chevrolet 74 foizga, Daewoo (GM Uzbekistan) 64 foizga kamaygan bo‘lsa, Mercedes-Benz 18 foizga, BMW 6 foizga, Lexus 11 foizga, Porsche 119 foizga ko‘paygan.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyada Daewoo avtomobillarining sotilishi 64 foizga kamaydi