Xalqaro sanoat yarmarkasida «O‘zavtosanoat» korxonalari qatnashadi

Xalqaro sanoat yarmarkasida «O‘zavtosanoat» korxonalari qatnashadi
Xalqaro sanoat yarmarkasida «O‘zavtosanoat» korxonalari qatnashadi

Toshkent shahrida 24-31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida «O‘zavtosanoat» AK tarkibidagi 33ta korxona ishtirok etadi, deb "Carzone" xabar bermoqda.

Xabarda bildirilishicha, ko‘rgazmada ushbu korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 270 turdagi mahsulotlar va 640 turdagi ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun taklif etilayotgan import mahsulotlar taqdim etiladi.

IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi davomida «O‘zavtosanoat» AK ekspertlari avtomobillar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bozori salohiyatini 2,3 trln. so‘mga baholashgandi. Yengil avtomobil 7 mingdan ortiq detaldan tashkil topishi qayd qilingan.

Bugungi kunda o‘zbek avtomobil sanoatini «O‘zavtosanoat» AK tarkibidagi 20ta, 160ta kichik va o‘rta korxonalar hamda dunyoning 20ta davlatidan 120 yetkazib beruvchilar butlovchi qismlar bilan ta’minlamoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar