00:35 / 22.10.2016
7 452

Lynk&Co 01 — Geely va Volvodan yangi krossover

Lynk&Co 01 — Geely va Volvodan yangi krossover

Shvesiyaning Gyoteborg shahrida yangi Lynk&Co markasi va uning dastlabki 01 krossoverining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yangi markaning avtomobillarini xuddi smartfon kabi internet yoki dunyoning turli burchaklaridagi savdo markazlari orqali sotishmoqchi. Yangi mahsulot birinchi bo‘lib Xitoy bozoriga chiqariladi, so‘ng Amerika va Evropaga kirib boradi. Avtomobilni mijozga kurerlar orqali etkazib berish rejalashtirilyapti. Xizmat ko‘rsatish ishlarini Volvo o‘z zimmasiga oladi.

Lynk&Co markasining barcha avtomobillari SMA kompakt platformasi asosida qurilgan. (Bu agregat asosida yangi Volvo XC40 va S40 yasalishini eslatib o‘tamiz)

Shved-Xitoy markasi ishlab chiqargan rusumlari nomida 01, 02, 03 va boshqa sonlar qatnashadi. Birinchi 01 – krossover, ikkinchi 02 – sedan va hokazo. Ularni qat’iy narxda va yagona komplektasiyada sotish rejalashtirilyapti. Narxlar Volkswagen, Ford va Opel markalarining shunga o‘xshash rusumlari bahosiga yaqin bo‘ladi. Mijoz dvigatel va transmissiyani tanlashi mumkin.

Yuqorida aytilgan krossoverga 1,5 litrli turbomotor o‘rnatiladi. Motor quvvati 180 ot kuchiga teng. Mexanik yoki 7 pog‘onali avtomatik qutiga ega. To‘la uzatmali. Bundan tashqari, gibrid modifikasiyasi dunyo yuzini ko‘rishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Lynk&Co 01 — Geely va Volvodan yangi krossover