Shu kunlarda Toshkentdagi «O‘zEkspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasi hududida an’anaviy Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasiya birjasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirda “O‘zavtosanoat” AK tarkibidagi «Samarqand avtomobil zavodi» MChJ ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Joriy yilning 31 oktyabriga qadar davom etadigan mazkur tadbirda yuk avtomobillari, avtobuslar va maxsus transport vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Samarqand avtomobil zavodi 6 turdagi mahsulotlarini tashrif buyuruvchilarga namoyish etmoqda.
Past polli LE60 shahar avtobusi, ISUZU NKR shassisi bazasidagi tez yordam avtomobili, NKR toifasidagi kam yuk ko‘taruvchi avtofurgon hamda maxsus transport vositalaridan NQR o‘t o‘chirish avtomobili va siqilgan tabiiy gaz (metan)da ishlovchi dvigatel bilan jihozlangan NPR 82L chiqindi tashuvchi avtomobili shular jumlasidandir.
Bundan tashqari Samarqand avtomobil zavodi mahsulotlari ekspozisiyasidan yangi SAZ HD 50 avtobusi ham o‘rin olgan bo‘lib, 44 nafar yo‘lovchini o‘ziga sig‘dira oladigan ushbu transport vositasida yo‘lovchilar uchun 29 ta o‘rindiq mavjud. Yangi avtobus 150 ot kuchi quvvatiga teng Evro-4 xalqaro ekologik talablariga javob beruvchi, dizel yoqilg‘ili ISUZU dvigateli bilan jihozlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?