31 oktyabr kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi orqali dahshatli avtohalokat oqibati aks etgan fotosuratlar tarqaldi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" sayti.
Guvohlarning aytishicha, halokat 28 oktyabr kuni tongda “Samarqand darvoza” savdo-ko‘ngilochar majmasi oldida yuz bergan.
Ma’lumotlarga qaraganda, yo‘l transport hodisasi “Gazel” yuk tashuvchi mashinasi va “Mercedes-Benz” rusumli avtomobillar o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Ular bir-biri bilan yon tomondan to‘qnashib ketgan. Fotosuratlarga e’tibor berilsa, “Mercedes” mashinasi umuman tanib bo‘lmas holga kelib, go‘yo temir-tersak chiqindisiga aylangan. Bu holdan mashina tezligi yuqori darajada bo‘lganini taxmin qilish qiyin emas.
Xabarlarga qaraganda, yengil mashinadagi yo‘lovchilar, haydovchi va yana bir qiz voqea joyida halok bo‘lgan.
Xozircha tegishli idoralar tomonidan bu vazyait yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan. Yuqorida keltirilgan fikrlar esa guvohlarning so‘zlari ekanini ta’kidlab o‘tish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?