14:13 / 04.02.2025
174

Chevrolet 2025: yangi byudjet elektrokar taqdim etildi

Chevrolet 2025: yangi byudjet elektrokar taqdim etildi
Chevrolet’ning uzoq kutilgan 2025-yilgi byudjet elektrokari yangi dizayni namoyish etildi.

Arzon Chevrolet Bolt 3-avlodi 2025-yilda rasman taqdim etilishi kutilmoqda. Yangi model zamonaviy jihozlarga ega boʻlib, tarmoqda uning dizayn variantlari paydo boʻldi.

2026-yilgi Chevrolet Bolt yana Nissan Leaf xaridorlarini oʻziga jalb qilishga harakat qiladi. TALK WHEELS kanalida avtomobilning taxminiy koʻrinishi namoyish etilgan boʻlsa-da, rasmiy dizayn tafsilotlari hozircha sir saqlanmoqda.

Avval Chevrolet faqat Bolt EUV krossoverini taklif qiladi deb oʻylangan edi, ammo endi ushbu nom ostida bir nechta model ishlab chiqarilishi ma'lum boʻldi.

Kelasi avlod arzon elektrokarini AQShning Kanzas-Siti shahridagi zavodda ishlab chiqarish rejalashtirilgan. U litiy-temir-fosfat (LFP) akkumulyatori bilan jihozlanadi, bu esa ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirish va avtomobil narxini arzonlashtirishga yordam beradi.

Taxminiy narxi – 30 000 dollardan past boʻlishi kutilmoqda. Shuningdek, kelgusida undan ham arzon Chevrolet Bolt taqdim etilishi rejalashtirilgan, biroq hozircha uning narxi oshkor qilinmadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto