Mercedes-Benz raxbari avtomobillardagi tugmalar masalasida fikr bildirdi

Mercedes-Benz kompaniyasi rahbariyati avtomobillarda raqamli boshqaruvga haddan tashqari berilib ketilganini va bu borada xatoga yo'l qo'yilganini tan oldi. Avtomobilsozlik sanoatida barcha funksiyalarni ekranga yashirish amaliyoti haydovchilar tomonidan tanqid qilingani sababli, kompaniya kelgusida ayrim jismoniy boshqaruv elementlarini amaliyotga qaytarishini ma'lum qildi.
So'nggi yillarda zamonaviy avtomobillar dizaynida jismoniy tugmalardan voz kechib, ularning o'rnini katta sensorli ekranga bo'shatib berish tendensiyasi avj oldi. Germaniyaning nufuzli avtoishlab chiqaruvchisi Mercedes-Benz kompaniyasi ham bu jarayonda faol qatnashib, hatto eniga 1410 millimetrgacha yetuvchi ulkan MBUX Hyperscreen displeylarini joriy qildi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, kompaniya rahbariyati raqamli boshqaruvga haddan tashqari berilib ketilganini va bu borada biroz xatoga yo'l qo'yilganini tan oldi. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.
Avtomobilsozlik sanoatida barcha funksiyalarni ekran ichiga yashirish amaliyoti haydovchilar tomonidan ko'p bora tanqidga uchragan edi. Ko'pchilik amaliyotchilar yo'l vaqtida kerakli sozlamalarni topish uchun menyularni titkilab o'tirish xavfsizlikka salbiy ta'sir ko'rsatishini ta'kidlab kelishadi. Mercedes-Benz bosh direktori Ola Källenius mijozlardan kelib tushayotgan bu kabi haqli e'tiroflarni inobatga olib, kelgusida ayrim jismoniy boshqaruv elementlari amaliyotga qaytarilishini ma'lum qildi.
Raqamli interfeys va foydalanuvchi qulayligi
Ola Källeniusning ta'kidlashicha, nemis brendi muhandislari foydalanuvchi interfeysi (UI) ustida juda ko'p vaqt sarflaydi. Kompaniya ichida interfeys naqadar sodda bo'lishi kerakligi haqida hazilomuz talablar ham bor. Rahbariyat tizim shunchalik oson ishlanishi kerakki, undan besh yoshli bola ham, Mercedes boshqaruvi a'zosi ham qiynalmasdan foydalana olishi lozim deb hisoblaydi.Shunga qaramay, rahbar avtoindustriya umuman olganda raqamlashtirish masalasida biroz «haddidan oshib yuborganini» ochiq tan oldi. Uning so'zlariga ko'ra, ba'zida kompaniyalar shunchaki texnologiya uchun texnologiya yaratib, asl mijoz ehtiyojlarini unutib qo'yishadi. Aynan shuning uchun ham brend o'z avtomobillarining rul qismiga jismoniy boshqaruv tugmalarini qaytara boshladi.
Kelajakda avtomobil salonlari qanday ko'rinish oladi?
Kelgusida avtomobillardagi ekranlar o'lchami yanada kattalashishi mumkinmi, degan savolga Ola Källenius aniq javob berish qiyinligini aytdi. Biroq uning fikricha, avtomobilsozlik sanoati hozircha «eng kam tugma» nuqtasiga yetib keldi. Ya'ni bundan buyon barcha narsani ekranga kiritish siyosati cheklanib, eng maqbul va zarur funksiyalar yana jismoniy tugmalar orqali boshqariladigan davr boshlanmoqda.Kompaniya ovozli boshqaruv tizimlarini ham mukammallashtirish ustida tinimsiz ish olib bormoqda, biroq an'anaviy tugmalarning o'rni boshqa ekanligi amalda o'z tasdiqini topmoqda. Mercedes-Benz kelgusida o'z mijozlarining qulayligi va xavfsizligini birinchi o'ringa qo'yib, eng maqbul jismoniy tugmalarni bosqichma-bosqich qayta joriy etishini tasdiqladi.































Izohlar 0
…