Rossiya sanoat va savdo vaziri Anton Alixanovga koʻra, Xitoy avtomobillarining ayrim modellarini yoʻllarga chiqarish mumkin emas. Shu sababli, chet el avtomobillarining Rossiya bozoriga sertifikatlanish jarayoni yanada qat'iylashtirilishi lozim.
Alixanovning soʻzlariga koʻra, Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari Rossiya bozorida faol ravishda ulushni kengaytirmoqda. Hukumat utilizatsiya toʻlovini oshirish orqali muvozanatni tiklashga harakat qilmoqda, ammo bu etarli emas. Ayniqsa, seriyali ishlab chiqarilgan avtomobillarning sifati yanada qat'iy nazorat qilinishi kerak.
Rossiya sanoat vazirligi Xitoyning yuk mashinalari boʻyicha tahlil oʻtkazgan va uchta avtomobil brendida jiddiy kamchiliklarni aniqlagan. Ushbu avtomobillarni yoʻllarga chiqarish xavfli deb topilgan.
"Bunday holatlarda biz sertifikatlarni bekor qilish choralarini koʻramiz va hatto Bosh prokuratura bilan hamkorlik qilamiz. Bu juda muhim, ayniqsa yuk mashinalariga boʻlgan talab 25 foizga tushishi mumkinligini hisobga olsak", – dedi Alixanov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar