01:59 / 08.02.2025
0

Xpeng sun’iy intellekt va ilmiy tadqiqotlarga $1,3 mlrd sarmoya kiritadi

Xpeng sun’iy intellekt va ilmiy tadqiqotlarga $1,3 mlrd sarmoya kiritadi
Xpeng kompaniyasi bosh direktori Xe Syaopen Guandun provinsiyasining 2025-yil rivojlanish konferensiyasida kompaniyaning ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarga 9,5 milliard yuan ($1,3 milliard) sarmoya kiritishini e’lon qildi. Bu mablag‘ning 4,5 milliard yuani sun’iy intellektga yo‘naltiriladi.

Xpeng avval ham 50 milliard yuan ($6,8 milliard) mablag‘ni tadqiqot va ishlanmalar uchun sarflagan. Bosh direktorning fikriga ko‘ra, avtonom boshqaruv texnologiyasidagi yutuqlar keyingi 5 yil ichida Xitoy avtomobil sanoatini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Bu transformatsiya Xitoy avtomobilsozligiga elektromobillar olib kelgan inqilobdan ham katta bo‘lishi mumkin.

Hozirda Xpeng avtomobillarining barchasi L2 darajadagi avtonom boshqaruv tizimiga ega, kompaniya esa 2024-yil oxirigacha ayrim mashinalarida L3 darajasini joriy etishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto