00:34 / 09.02.2025
44

Xitoy va Germaniyada Tesla elektromobillari savdosi rekord darajada tushdi

Xitoy va Germaniyada Tesla elektromobillari savdosi rekord darajada tushdi
2024-yilda Tesla elektromobillari global savdosi 1% ga pasaygan boʻlsa-da, ayrim muhim bozorlarida ancha katta yoʻqotishlarga uchragan.

- Kaliforniyada sotuvlar 11,6% ga pasaydi, Tesla bu hududda hanuzgacha AQSh bozorining yarmi (52,5%) ni egallab turgan boʻlsa ham, bu avvalgi yilgi 60,1% bilan taqqoslaganda sezilarli pasayishdir.

- Xitoyda yanvar oyida 63 238 dona Tesla elektromobili sotilgan, bu 11,5% ga kam natijadir. Shu bilan birga, mahalliy BYD kompaniyasi 296 446 elektromobil va gibrid sotib, 47% oʻsish koʻrsatdi.

- Germaniyada Tesla 1277 dona avtomashina sotgan – bu oʻtgan yilga nisbatan 59,5% pasayish demakdir. Shu sababli kompaniyaning bozor ulushi 14% dan 4% ga tushib ketdi.

- Fransiyada sotuvlar 63% ga, Norvegiyada 38% ga, Buyuk Britaniyada esa 8% ga tushdi.

Muttaxassislarning fikriga koʻra, Tesla’ning yevropalik xaridorlar orasida ommabopligi pasayishiga kompaniyaning Model Y yangilanishi kechikayotgani va Ilon Maskning siyosiy faolligi ham ta'sir qilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto