![Rossiyada Chevrolet Tracker narxi qancha?](/uploads/posts/2025-02/720ea18611_aa3bd8041851bf8eb2eb0e57557acd93a7e22e51.webp)
Rossiyada Chevrolet Tracker avtomobilini 1,5 million rubldan topish mumkin.
Rossiyada Chevrolet Tracker avtomobilining bazaviy komplektatsiyasini 1,5 million rubldan xarid qilish mumkin, deya xabar berdi “Avtovesti dnya” portali. Ushbu summa taxminan 15,8 ming AQSh dollariga teng.
Eng arzon Tracker avtomobili Blagoveshchensk shahridagi kompaniyada topilgan. U erda 2021 yilgi yangi Chevrolet Tracker modeli 1,53 million rubldan sotiladi. Avtomobil 6 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi va 1 litrli, 116 ot kuchiga ega turbo dvigatel bilan jihozlangan.
2023 yilda ishlab chiqarilgan xuddi shu modelni Vladivostokda 1,85 million rublga (19,2 ming dollar) xarid qilish mumkin. Permda esa bunday Tracker narxi 2 million rublni (21 ming dollar) tashkil qiladi.
Kuchliroq, 1,2 litrli va 132 ot kuchiga ega turbo dvigatelli Chevrolet Tracker Ufa shahrida 2,7 million rubl (27,9 ming dollar), Moskvada esa 2,8 million rubl (28,9 ming dollar) turadi.
Taqqoslash uchun: Oʻzbekistonda Chevrolet Tracker avtomobilni toʻliq oldindan toʻlov evaziga chegirma bilan 196,3 million soʻmga (taxminan 15,1 ming dollar) xarid qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar