
Statistika agentligi Oʻzbekistonda qaysi avtomobillar eng koʻp ishlab chiqarilayotganini ma'lum qildi.
E'lon qilingan tahlilga koʻra, Oʻzbekistonda yanvar oyida yengil avtomobillar ishlab chiqarish soni kamaydi. Bu yil yanvar oyi davomida eng koʻp ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt — 5 660 dona ( oʻtgan yil mos davridagidan 68 foiz koʻp) boʻlgan.
Shuningdek, 2025 yil yanvar oyida:
- 2 765 dona Damas;
- 1 978 dona Kia;
- 1 462 dona Onix;
- 1 334 dona Tracker;
- 802 dona BYD;
- 594 dona Chery;
- 643 dona maxsus yengil avtomobillar;
- 373 dona Haval avtomobillari ishlab chiqarildi.
Bundan avval Statistika agentligi 2025 yil yanvar oyidagi sanoat ishlab chiqarish hajmi boʻyicha ma'lumotlarni ochiqlagan edi.
Unga koʻra, 2025 yil yanvarda avtomobil benzini ham kam ishlab chiqarilgan — 99 tonna. Oʻtgan yilning mos davrida mazkur raqam 124,6 tonna edi. Yanvarda, ayniqsa, dizel ishlab chiqarish hajmi keskin qisqargan. Qishning birinchi oyida 33,2 tonna dizel ishlab chiqarilgan boʻlsa, 2024 yil yanvarida bu koʻrsatkich 50,2 tonna edi.

Infografika: Statistika agentligi
Yanvar oyida mahalliy ommabop avtomobillar narxi 2024 yilning dekabr oyidagiga nisbatan arzonlashdi.
Xususan:
- Onix: kam foydalanilgan — 2,4 foizga (14 350 dollardan 14 ming dollarga), koʻp foydalanilgan — 1,5 foizga (13 ming dollardan 12 800 dollarga);
- Lacetti: kam foydalanilgan — 0,7 foizga (15 ming dollardan 14 900 dollarga), oʻrtacha foydalanilgan — 1,4 foizga (14 500 dollardan 14 300 dollarga), koʻp foydalanilgan — 1,7 foizga (13 327 dollardan 13 095 dollarga);
- Cobalt: kam foydalanilgan — 1,4 foizga (12 901 dollardan 12 725 dollarga), oʻrtacha foydalanilgan — 2,4 foizga (12 300 dollardan 12 ming dollarga), koʻp foydalanilgan — 1,7 foizga (11 700 dollardan 11 500 dollarga);
- Nexia: oʻrtacha foydalanilgan — 1,8 foizga (11 400 dollardan 11 200 dollarga); koʻp foydalanilgan — (10 500 dollardan 10 465 dollarga);
- Spark: oʻrtacha foydalanilgan — 1 foizga (10 300 dollardan 10 200 dollarga), koʻp foydalanilgan — 1,1 foizga (9 300 dollardan 9 200 dollarga);
- Damas: kam foydalanilgan — 0,5 foizga (8 135 dollardan 8 098 dollarga), oʻrtacha foydalanilgan — 1,4 foizga (8 ming dollardan 7 886 dollarga), koʻp foydalanilgan — 4,1 foizga (7 300 dollardan 7 ming dollarga) arzonlashgan.
Mahalliy lyuks avtomobillar narxi
Kam foydalanilgan Equinox va Malibu avtomobillarining oʻrtacha narxlarida oshish kuzatilgan boʻlsa-da, oʻrtacha va koʻp foydalanilganlari uchun narxlar arzonlashishda davom etdi.

Foto: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti
Xususan:
- Malibu: oʻrtacha foydalanilgan — 2,1 foizga (29 100 dollardan 28 500 dollarga), koʻp foydalanilgan — 1,6 foizga (25 ming dollardan 24 600 dollarga) arzonlagan boʻlsa, kam foydalanilgan uchun oʻrtacha narx 1,2 foizga (29 650 dollardan 30 ming dollarga) oshdi;
- Equinox: oʻrtacha foydalanilgan — 1,6 foizga (30 500 dollardan 30 ming dollarga) arzonlab, koʻp foydalanilgani uchun oʻrtacha narx (26 500 dollar) oʻzgarishsiz qolgan boʻlsa, kam foydalanilgani 0,9 foizga (34 ming dollardan 34 308 dollarga) oshgan;
- Tracker: kam foydalanilgan — 1,6 foizga (18 700 dollardan 18 403 dollarga), oʻrtacha foydalanilgan — 2,3 foizga (17 700 dollardan 17 300 dollarga), koʻp foydalanilgan — 2,9 foizga (17 ming dollardan 16 500 dollarga) arzonlashgan.
Elektromobillar narxi
Mazkur davrda koʻp foydalanilgan BYD E2: (15 250 dollar) va Yuan Up (20 ming dollar) elektromobillari narxi oʻzgarmagan boʻlsa, boshqa elektromobillar oʻrtacha narxlarida arzonlash kuzatildi:
- BYD E2: yangi — 1,8 foizga (17 100 dollardan 16 800 dollarga), oʻrtacha foydalanilgan — 2,9 foizga (15 970 dollardan 15 500 dollarga);
- BYD Han: yangi — 0,9 foizga (32 500 dollardan 32 200 dollarga), koʻp foydalanilgan — 2,9 foizga (31 750 dollardan 31 250 dollarga);
- BYD Song Plus DM-i Champion: yangi — 0,3 foizga (29 100 dollardan 29 ming dollarga), oʻrtacha foydalanilgan — 1,1 foizga (27 200 dollardan 26 900 dollarga), koʻp foydalanilgan — 2,8 foizga (24 999 dollardan 24 300 dollarga);
- BYD Song Plus EV Champion: yangi — 1,4 foizga (28 500 dollardan 28 090 dollarga), oʻrtacha foydalanilgan — 3,6 foizga (26 600 dollardan 25 650 dollarga), koʻp foydalanilgan — 2,9 foizga (24 050 dollardan 23 350 dollarga).
Xorijiy avtomobillar narxi
- Elantra: oʻrtacha foydalanilgan — 2,3 foizga (21 500 dollardan 21 ming dollarga); koʻp foydalanilgan — 4,8 foizga (21 ming dollardan 19 995 dollarga);
- Tucson: kam foydalanilgan — 1,5 foizga (33 500 dollardan 33 ming dollarga), oʻrtacha foydalanilgan — 0,8 foizga (31 750 dollardan 31 500 dollarga); koʻp foydalanilgan — 2 foizga (25 500 dollardan 25 ming dollarga);
- Sportage: kam foydalanilgan — 1,4 foizga (29 ming dollardan 28 600 dollarga), oʻrtacha foydalanilgan — 1,8 foizga (27 500 dollardan 27 ming dollarga);
- Seltos: koʻp foydalanilgan — 2,1 foizga (23 500 dollardan 23 ming dollarga) arzonlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar