05:35 / 27.02.2025
147

Chevrolet restavratsiya loyihasini e’lon qildi

Chevrolet restavratsiya loyihasini e’lon qildi
General Motors Braziliyada Chevrolet brendining 100 yilligiga bag‘ishlangan yangi loyihani – Chevrolet Vintageni e’lon qildi. Ushbu loyiha doirasida 1960-yillardan 1990-yillarga qadar Braziliyada ishlab chiqarilgan klassik Chevrolet avtomobillari restavratsiya qilinadi va modernizatsiya qilinadi.

Loyiha ikkita yo‘nalishda olib boriladi:
Restavratsiya – avtomobillarni asl holatida tiklash
Restomod – klassik avtomobillarga zamonaviy texnologiyalar qo‘shish

Diqqat markazida Chevrolet Opala, Chevette, Monza va mashhur Chevrolet 3100 "Brasil" pikapi bo‘lib, barcha avtomobillar GM Braziliya muhandislik bo‘limi tomonidan restavratsiya qilinadi va sertifikatlanadi.

Loyiha koleksionerlar va Chevrolet muxlislari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, eski avlod mashinalarining yo‘llarga qaytishini ta’minlaydi. Restavratsiya qilingan mashinalar nafaqat kolleksiya obyekti, balki zamonaviy texnologiyalar tufayli kundalik foydalanish uchun qulayroq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto