
Rossiyaning “Kama” kompaniyasi O‘zbekistonda “Atom” elektromobili ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar berdi TASS agentligi.
Shuningdek, O‘zbekiston tomoni Rossiya muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Shunga o‘xshash muzokaralar kompaniya tomonidan Xitoy va boshqa davlatlar bilan ham olib borilmoqda.
“Atom” elektromobili dastlab 2023-yil bahorida taqdim etilgan bo‘lib, uning ishlab chiqarilishi 2025-yilning ikkinchi yarmida boshlanishi kutilmoqda. Mashina 77 kVt/soat quvvatga ega batareya bilan jihozlanadi va u 500 km masofani bosib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ishlab chiqaruvchilarning ma’lumotiga ko‘ra, elektromobil 100 km/soat tezlikka 8 soniyada yetadi, boshlang‘ich narxi esa 2,9 million rubl yoki 32,1 ming dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekiston hukumati mamlakatda elektromobil ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun turli choralarni ko‘rmoqda. Xususan, 2030-yilgacha elektromobil ishlab chiqaruvchilari utilizatsiya to‘lovidan ozod etilgan, shuningdek, ehtiyot qismlarni olib kirishga bojxona imtiyozlari berilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar