
BYD kompaniyasi Sealion 07 DM modelini taqdim etdi. Ushbu avtomobil o‘zining dron tizimi bilan ajralib turadi. BYD va DJI hamkorligida ishlab chiqilgan Lingyuan tizimi avtomobil salonidan bitta tugma bosish orqali dronni uchirish va qaytarish imkonini beradi. Qurilma 4K formatda video tasvirga olish xususiyatiga ega.
Yangi BYD Sealion 07 DM-i Intelligent Driving Edition modeli quyidagi o‘lchamlarga ega: 4880 x 1920 x 1750 mm, g‘ildirak bazasi esa 2820 mm.
Avtomobil God’s Eye DiPilot 100 tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u shahar navigatsiyasi, avtomagistral yordami va avtomatik to‘xtash tizimi bilan ta’minlangan. Oddiy 2-darajali haydovchi yordami faqat magistrallarda ishlasa, DiPilot 100 svetoforlar va to‘siqlarni taniydi hamda shahar sharoitida avtonom harakatlana oladi.
Texnik xususiyatlari:
- 1,5 litrli dvigatel + ikkita elektr motorli plagin gibrid tizimi
- Ichki yonuv dvigatelining quvvati: 115 kVt (154 ot kuchi)
- Old dvigatel quvvati: 200 kVt (268 ot kuchi)
- Orqa dvigatel quvvati: 150 kVt (201 ot kuchi)
- 0 dan 100 km/soatgacha tezlanish: 4,7 soniya

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar