16:54 / 08.03.2025
307

McLaren’dan kuchliroq giperkar ishlab chiqarilmoqda

McLaren’dan kuchliroq giperkar ishlab chiqarilmoqda
Lanzante kompaniyasi “Le-Man 24 soat” poygasida 1995-yilda erishgan g‘alabasiga bag‘ishlangan yangi giperkar ishlab chiqarishini e’lon qildi, deb DK Engineering xabar berdi.

Yangi model hozircha Project 95-59 nomi ostida ishlab chiqilmoqda. Ushbu nom Lanzante jamoasining McLaren F1 GTR avtomobili bilan 1995-yilda qo‘lga kiritgan yutuqlariga ishora qiladi. O‘sha yili ular poygada eng yaxshi vaqtni qayd etib, eng yaqin raqibi Courage C34 prototipidan butun bir aylanish oldinda g‘alabaga erishgan edi.

Project 95-59 uch o‘rindiqli interyer va keng bagaj bo‘limi bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, u McLaren Speedtail’dan ham kuchliroq bo‘lishi kutilmoqda. Uning har bir tonnasiga 700 ot kuchi to‘g‘ri keladi.

Avtomobilning dizayni McLaren P1, 720S va Artura modellarini yaratgan dizayner Pol Houz tomonidan ishlab chiqiladi. Lanzante odatda aerodinamika, og‘irlikni kamaytirish va sovutish tizimlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratadi. Yangi model haqida qo‘shimcha tafsilotlar yaqin haftalarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto