14:40 / 25.03.2025
179

Xitoyning Lixiang brendi Rossiyaga rasmiy kirib keldi

Xitoyning Lixiang brendi Rossiyaga rasmiy kirib keldi
Xitoyning premium avtomobil ishlab chiqaruvchisi Lixiang rasman Rossiya bozoriga kirib kelmoqda. Cenyavto.com xabariga ko‘ra, ushbu brendning rasmiy distributori sifatida Sinomach Auto kompaniyasi ish boshlagan va Moskva ofisi uchun yuristlar, kafolat xizmati hamda PR bo‘yicha menejerlar izlamoqda.

Avval Lixiang avtomobillari Rossiyaga faqat parallel import orqali kirgan edi. Bu esa servis yo‘qligi, dasturiy ta’minotni ruslashtirish, kafolatli ta’mirlashdagi qiyinchiliklarga sabab bo‘lgan. Endilikda rasmiy distribyutor orqali bu muammolar bartaraf etiladi — to‘liq servis tarmog‘i va rasmiy kafolat tizimi paydo bo‘ladi.

Mutaxassislar fikricha, Lixiang’ning Rossiyaga chiqishi mantiqan to‘g‘ri qadam. Brend, hatto norasmiy yetkazib berishlarga qaramay, ma’lum mashhurlikka erishgan. Ayniqsa, Lixiang L9 kabi modellar diqqatga sazovor — bu keng hajmli gibrid krossover bir quvvatda 1100 kmgacha yurishi mumkin.

Sinomach Auto hozircha rasmiy start sanasi, qaysi modellar birinchi sotuvga chiqishi va narxlar haqida ma’lumot bermadi. Ammo bu xitoy avtosanoati ishqibozlari uchun yaxshi xabar — endi ular Lixiang avtomobillarini rasmiy xizmat bilan, "kulrang" importlarsiz xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto