date
views 573

Leapmotor elektromobillari O‘zbekistonda shartli ruxsat bilan sotilishi mumkin

Leapmotor elektromobillari O‘zbekistonda shartli ruxsat bilan sotilishi mumkin
Xitoyning Leapmotor brendi elektromobillarini O‘zbekistonda sotishga shartli ravishda ruxsat berildi. UzTEST matbuot xizmati xabar berishicha, Zhejiang Leapmotor Technology Co. vakillari 7 aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyurib, muzokaralar o‘tkazdi.

14 aprel kuni Pskent tumanidagi laboratoriyada «Leapmotor C16» modellari elektromagnit muvofiqlik sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Sinovlar BMTning 10-raqamli Qoidalari asosida o‘tkazilgan.

Leapmotor kompaniyasiga quyidagi shartlar asosida ruxsat berildi:

O‘zbekistonda rasmiy yuridik vakil tayinlash;
Transport vositalari turini tasdiqlovchi barcha hujjatlarni taqdim etish;
Ishlab chiqarish jarayonlari va sharoitlarini baholash majburiyati.

Avvalroq, S16 modelida kuchli elektromagnit xalaqitlar aniqlangani sababli, UzTEST tomonidan sertifikatlash to‘xtatilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Leapmotor elektromobillari O‘zbekistonda shartli ruxsat bilan sotilishi mumkin