2020 yilda BMW avtopilotli mashinalar ishlab chiqarishni boshlaydi

BMW kompaniyasi 2020 yilda avtopilotli avtomashinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 18 martda Myunxenda o‘tkazilgan Bavariya guruhining yillik hisobot matbuot anjumanida direktorlar kengashi a’zosi, ixcham va o‘rta o‘lchamdagi modellar bo‘linmasi rahbari Klaus Frolix ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil sanoatida avtonom boshqaruv tizimlarining joriy qilinishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolardan biri huquqiy tomon bilan, xususan, sug‘urtalash va javobgarlik masalalari bilan bog‘liq. Hozirlikda umumiy foydalanish yo‘llarida avtopilotli mashinalarni qo‘llash huquqiga AQShda Google Mercedes-Benz, Shvesiyada Volvo, Buyuk Britaniyada Nissan kompaniyalari ega. Bundan tashqari, Germaniyada Berlin-Myunxen yo‘lining A9 magistrali uchastkalaridan biri avtopilotli mashinalarni sinovdan o‘tkazish uchun ajratilishi rejalashtirmoqda.
BMW o‘z avtonom boshqaruv tizimini Continental bilan hamkorlikda ishlab chiqmoqda. Bu boradagi tajriba avtomashinalari 2009 va 2011 yillarda sinovdan o‘tkazilgan edi.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing