Toshkentdagi YTHda Lexus bo‘laklarga bo‘linib ketdi

Toshkentdagi YTHda Lexus bo‘laklarga bo‘linib ketdi
Toshkentdagi YTHda Lexus bo‘laklarga bo‘linib ketdi

19 dekabr oqshomida Toshkent shahrida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhi a’zolarining yozishicha, Taraqqiyot ko‘chasida – eski ToshMIdan Toshkent aviasiya zavodi yo‘nalishida harakatlanayotgan Lexus avtomobili halokatga uchragan.
Toshkentdagi YTHda Lexus bo‘laklarga bo‘linib ketdi

Tarmoqda hodisa joyida olingan fotosuratlar joylashtirilgan bo‘lib, ularda zarba natijasida avtomobil ag‘darilib ketgani va yo‘l bo‘ylab uning parchalari sochilib yotganini ko‘rish mumkin.

Mashina salonida 3 yigit bo‘lgan, mo‘’jiza tufayli ularning barchasi omon qolgan.
Toshkentdagi YTHda Lexus bo‘laklarga bo‘linib ketdi

YTH haydovchining yuqori tezlikda mashina boshqargani oqibatida yuz bergani taxmin qilinmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar